Udemere - UI

Udemere UI — bu zamonaviy va dasturchilarga qulay tayyor komponentlar kutubxonasi bo'lib, foydalanuvchilarga UI rivojlantirish jarayonini tez va osonlashtirishga yordam beradi. Hozirda biz shadcn/ui asosida ishlayotgan bo'lsak-da, yaqin orada o'zimizning maxsus komponentlar kutubxonamizni ham chiqarishni rejalashtiryapmiz.

Sunar simple banner

Nima uchun Udemere UI?

Dasturchilar uchun qulaylik: Udemere UI har bir komponentni oson integratsiya qilish, sozlash va loyiha talablariga moslashtirish imkoniyatini beradi.

Zamonaviy va foydalanishga qulay: Barcha komponentlar foydalanuvchi tajribasini yodda tutgan holda ishlab chiqilgan va eng so‘nggi dizayn talablariga javob beradi.

Kengaytirish imkoniyati: shadcn/ui tomonidan taqdim etilgan modulli va moslashuvchan arxitektura yordamida, Udemere UI sizga ajoyib foydalanuvchi interfeyslarini yaratishda yordam beradi.

Qanday qilib loyihada ishlatamiz ?

Udemere UI: Bu shadcn/ui, tailwindcss hamda framer/motion ga mos keladigan komponentlar to'plami.

Komponentlar qachon to'liq ishlaydi ?

Loyihangizga shadcn-ui o'rnating. Agar nextjs orqali bo'lsa, aks holda shadcn ui ni rasmiy saytiga tashrif buyurib loyihangizga mos qilib o'rnatib oling.

npm install npx shadcn@latest init

Loyihangizga framer-motion o'rnating.

npm install framer-motion

Asosiy xususiyatlar

Tayyor komponentlar:

Tugmalar, modal oynalar, shakllar va boshqa ko'plab elementlar uchun tayyor foydalanishga tayyor komponentlar to'plami.

Kelajakga mo‘ljallangan:

Bizning yo‘l xaritamiz o‘zimizning maxsus UI kutubxonamizni ishlab chiqishni ham o‘z ichiga oladi.

TypeScript qo'llab-quvvatlovi:

To'liq TypeScript yordamida, kod yozishni xavfsiz va samarali qiladi.

On this page